Inson sogʻligʻi va hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarning muomalasiga chek qoʻyishga qaratilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda atroflicha koʻrib chiqishdi.
Ushbu qonun loyihasi bilan inson hayoti yoki sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarganlik va muomalaga kiritganlik uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishi taklif etilmoqda. Jumladan, inson sogʻligʻi va hayotiga xavf soluvchi tovarlarni ishlab chiqarish va sotganlik uchun uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Bundan tashqari, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi belgilanmoqda. Sanitariya va veterinariya qonunchiligini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun jazo chorasi ogʻirlashtirilyapti.
Shuningdek, tadbirkorning tovar brendidan noqonuniy foydalangan holda, mahsulot ishlab chiqarib, realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kuchaytirilib, tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshirishlar tartibi aniq belgilab berilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning muomalasiga chek qoʻyish hamda ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholi salomatligini taʼminlashga xizmat qiladi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring