“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yangi binoda ish boshladi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Paxtaobod tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yangi binosi foydalanishga topshirildi. Buning uchun mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 550 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada maskanga keluvchilar uchun barcha qulayliklar yaratildi.
— Markazimiz tumanimizda istiqomat qiluvchi himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanadi, — deydi markaz mutaxassisi Sabohat Ortiqova. — Boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, oʻzgalar eʼtiboriga muhtoj kishilar ham doimiy nazoratimizda. Faoliyatimiz davomida har bir odam bilan yakka tartibda ishlash mezoniga qatʼiy rioya etamiz.
Ushbu markazda 12 toifadagi shaxslarga 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatib kelinmoqda.
— Avvallari paxtaobodliklar nogironlikni belgilash tibbiy koʻrigidan oʻtish uchun Izboskan tumaniga borishiga toʻgʻri kelardi, — deydi 17-tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi raisi Erkinjon Ergashev. — Mazkur markazning ishga tushirilishi tufayli ularning mushkuli oson boʻldi. Natijada nafaqat nogironlik sabablari oʻrganilib, xulosa berish, balki reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortoped mahsulotlariga ham tavsiya etish imkoniyati yaratildi.
Markazning ish boshlashi Paxtaobod tumanida yashovchi 5 ming 141 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, 339 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalarga boʻlgan eʼtiborni yanada oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring