“InnoWeek.Uz-2021” innovatsion gʻoyalar haftaligi oʻz ishini yakunladi
"InnoWeek.Uz-2021" haftalik tadbirlarida 380 ta tashkilot va korxonalardan jami 14,5 ming nafar ishtirokchilar qatnashdi (ularning 7,1 ming nafari onlayn tarzda), shu jumladan, 18 ta mamlakatdan 131 nafar xorijlik mehmonlar tashrif buyurdi.
Haftalik "Pandemiyadan keyingi davr uchun innovatsiyalar: yashil texnologiyalar, sunʼiy intellekt, texnologik inqilob, startap ekotizimi" shiori ostida ish boshladi hamda uning doirasida oʻndan ortiq tadbirlar va konferensiyalar tashkil etildi.
Xususan, "Postpandemiya davri uchun innovatsiyalar va investitsiyalar forumi", "Sunʼiy intellekt – texnologik rivojlanish asosi", "Vodorod texnologiyalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejamkorlik sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish" hamda "Tadqiqotlarni tijoratlashtirish va texnologiya transferining innovatsion strategiyalari" boʻyicha dolzarb mavzular muhokama etilib, ularga yechim topish yuzasidan harakatlar strategiyasi koʻrib chiqildi.
Haftalik davomida TechnoWays texnologik rivojlanish marafoni va "Innovatsion gʻoyalar yetakchisi" koʻkrak nishoni gʻoliblari ham taqdirlandi. Shuningdek, Xalqaro robototexnika musobaqasi va 5-Turkiy dunyo bolalarining fan va madaniyat festivali ham oʻtkazildi.
Shu bilan birga, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilingan loyihalar tanlovlari gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Vazirlik tomonidan eʼlon qilingan "Startap loyihalar tanlovi" gʻoliblariga grant mablagʻlari topshirildi. "Eng yaxshi innovatsion mahsulotlari" tanlovi doirasida koʻrgazma ishtirokchilarining eng yaxshi startap loyihalari taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring