“Informatika va axborot texnologiyalari” hamda “Matematika” fani oʻqituvchilari 50 foiz ustamalar uchun xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritmoqda

22:13 04 Dekabr 2022 Jamiyat
3363 0

Foto: Xalq ta`limi va`zirligi matbuot xizmati

Xabaringiz bor, joriy oʻquv yilidan qator fanlar boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagog kadrlarga ularning taʼrif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyoti joriy qilingan.

Bu orqali oʻz ustida ishlayotgan, bilim va koʻnikmalarini kengaytirib borayotgan pedagoglarga oylik ish haqlarini oshirish imkoniyati yaratib berildi. Shu kunga qadar aksariyat holatda chet tili fanlari oʻqituvchilari mazkur turdagi sertifikatga ega boʻlib kelgan edi. Ayni vaqtda boshqa fan vakillari ham bunday natijalarni qayd etmoqda.

Xususan, matematika fani oʻqituvchilari uchun belgilangan “GMAT” sertifikatini olgani uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Amudaryo tumanidan Gʻayrat Rahimov (16-maktab), informatika fani oʻqituvchilari uchun belgilangan “Google for Education” sertifikatini olganlari uchun Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumanidan Dilfuza Sapayeva (33-maktab), Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidan Komiljon Xadjiyev (20-maktab), Jasur Yusupov (20-maktab), Mahkamjon Oʻrazboyev (14-maktab), Namangan viloyati, Chust tumanidan Hojiakbar Umurzoqov (21-maktab), Fargʻona viloyati, Uchkoʻprik tumanidan Davlatjon Oxunov (20-maktab), Toshkent viloyati, Angren shahridan Dildora Eshmirzayeva (4-maktab) 50% ustama olish huquqiga ega boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 50 foiz ustama beruvchi xalqaro sertifikatlar roʻyxati bilan quyidagi havola, namunalari bilan esa quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Biz qolgan oʻqituvchilarni ham oʻz ustida ishlab, maoshlarini oshirish imkoniyatlaridan foydalanib qolishlarini soʻrab qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?