Indoneziyada vulqon otilishi tufayli yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi
Indoneziyada yirik vulqon otilishi tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Indoneziyadagi Semeru vulqoni otilishi natijasida kul buluti ikki kilometr balandlikka koʻtarilgan va mashhur Yava sayyohlik oroli osmonini qoplab olgan. Ayni vaqtda mamlakatda eng yuqori darajadagi ogohlantirish eʼlon qilingan.
Mutaxassislar taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, vulqon otilishi kecha, 19-noyabr kuni boshlangan. Oqibatda Semeru vulqoni yonbagʻirlarini issiq va quyuq kul qoplagan. Yuzlab odamlar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Indoneziyada zilzila va vulqon otilishlari tez-tez uchrab turadi. 3 ming 676 metr balandlikda joylashgan Semeru vulqoni mamlakatdagi taxminan 130 ta faol vulqonlardan biri va Yava orolidagi eng baland choʻqqi hisoblanadi. Ushbu vulqon soʻnggi marta 2022-yil oxirida otilib, hosil boʻlgan kul taxminan 15 kilometr balandlikkacha yoyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring