Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar oʻzlashtirildi
Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ va Chirchiq shahrida joylashgan “UNGM-DR Servis Syentr” MCHJ qoʻshma korxonasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Bugungi kunda ushbu qoʻshma korxona tomonidan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi qurilmalar uchun xorijdan import qilinayotgan ehtiyot qismlar ishlab chiqarilib, taʻmirlash xizmatlari koʻrsatilmoqda.
Jumladan, 2021-2023-yillar mobaynida qoʻshma korxona bilan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining turbodetander agregatlarining ehtiyot qismlari, nasos vallari, kompressor uskunalari shtoklari, gaz haydash kompressor uskunalari rotorlari, almashtiriladigan oqim qismlarini tayyorlash va taʻmirlash uchun 45ga yaqin shartnoma tuzilgan.
Shartnoma shartlariga koʻra, qoʻshma korxona tomonidan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish hamda taʻmirlash xizmatlari oʻz vaqtida bajarilib kelinmoqda.
Joriy yilda mazkur korxona tomonidan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli siquv kompressor stansiyalarining “PCL-504” va “224GS2-162/18-41M12” rusumli gaz haydash kompressor uskunalarining 3 dona almashtiriladigan oqim qismi taʻmirlandi. Uskunalar muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilib, hozirda bir maromda betalofat ishlatilib kelinmoqda.
Shuningdek, “ND 223GS-350/5-14,5M1”, “ND 244GS-260/7,5-26M12456” va “VD 204GS2-80/29-75M1245” markali gaz haydash kompressorlarining rotorlari ham sifatli taʻmirlanib, boshqarmaga oʻz vaqtida yetkazib berildi. Buning natijasida jamiyat mablagʻlarini iqtisod qilishga erishildi.
“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni oʻzlashtirish va sanoat kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish borasida doimiy ishlar olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring