Import hajmi hamon eksportdan yuqori. Oʻzbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari qaysi mamlakatlar?
Illyustrativ foto
2019 yil yanvar-mart oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonda tashqi savdo aylanmasi 9 mlrd 406,2 mln. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 27,2 % ga oʻsdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi ”Xalq soʻzi”ga taqdim etgan hisobotda maʼlum qilingan.
Shu jumladan, eksport hajmi 4 mlrd 132,7 mln. AQSH dollarga (oʻsish surʼati 20,6 %) va import hajmi 5 mlrd 273,5 mln. AQSH dollariga (oʻsish surʼati 32,9 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 1 mlrd 140,8 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
Shu bilan birga taʼkidlab oʻtish kerakki, 2019 yilning yanvar-mart oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 705,8 mln. AQSH dollarga koʻproq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 304,4 mln. AQSH dollariga koʻproq boʻldi.
Tashqi savdo aylanmasi boʻyicha Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston Oʻzbekistonning asosiy hamkor davlatlari boʻlib qolmoqda. Bundan tashqari Koreya Respublikasi, Turkiya, Qirgʻiziston va Germaniya davlatlari bilan ham tashqi savdo aylanmasi boʻyicha koʻrsatkich yuqori boʻlib turibdi.
Quyida Oʻzbekiston bilan tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan 20ta davlat nomi keltirib oʻtilgan:
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring