Ilon Maskning xAI kompaniyasi Apple va OpenAIʼni sudga berdi
Foto: Reuters/Nathan Howard
Milliarder Ilon Maskka tegishli sunʼiy intellekt startapi xAI AQSHning Texas shtati federal sudiga Apple va ChatGPTʼni yaratgan OpenAI kompaniyalariga qarshi daʼvo arizasi kiritdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Mask kompaniyasi ularni sunʼiy intellekt sohasida raqobatga toʻsqinlik qilish maqsadida noqonuniy til biriktirishda ayblamoqda.
Ish materiallarida aytilishicha, Apple va OpenAI bozorlarni egallab, “oʻz monopoliyasini saqlab qolish va xAI kabi yangi kompaniyalarga raqobat imkoniyatini bermaslikka” harakat qilgan.
Hujjatga koʻra, Apple OpenAI bilan tuzgan hamkorlik doirasida ChatGPTʼni iPhone, iPad va Mac operatsion tizimlariga integratsiya qilgan.
“Agar OpenAI bilan eksklyuziv kelishuv boʻlmaganida, Appleʼning X va Grok ilovalarini App Storeʼda pastroq oʻringa qoʻyishiga hech qanday sabab yoʻq edi”, — deyiladi daʼvo arizasida.
xAI kompaniyasi milliardlab dollar miqdorida zararni qoplab berishni talab qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring