Ilmiy forum: xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Andijon davlat chet tillari institutida Rossiyaning A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy forum boʻlib oʻtdi. Tadbirda ikki mamlakat olimlari, professor-oʻqituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etib, xorijiy tillarni oʻqitishning zamonaviy usullari, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida fikr almashdi.
Forum doirasida maʼruzalar, davra suhbatlari, mahorat darslari va yosh olimlar uchun poster sessiyalar tashkil etildi.
— Universitetimiz hamda Andijon davlat chet tillari instituti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilganidan mamnunman, — deydi A.S.Pushkin nomidagi Rus tili davlat universiteti professori Vladimir Karasik. — Bu institutda nafaqat rus tili, balki boshqa xorijiy tillar boʻyicha ham yuqori salohiyatli mutaxassislar tayyorlash uchun zamonaviy baza mavjud ekan. Hamkorligimiz kelgusida taʼlim va ilmiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.
Forum yakunida ikki oliygoh oʻrtasida talaba almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, malaka oshirish mashgʻulotlari va grant loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, iqtidorli talabalarni ilmiy-amaliy ishlarga jalb qilish, ilmiy nashrlar tayyorlash va xalqaro tajribalarni oʻquv jarayonlariga joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring