Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi

15:53 22 Fevral 2023 Madaniyat
508 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻrta Chirchiq tuman boʻlinmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi hamda 5-umumtaʼlim maktab hamkorligida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tashkilot va idoralar, maʼnaviyat targʻibotchilari, mahalla faollari, umumtaʼlim maktabi mutasaddilari, oʻquvchi-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek,  Abu Rayhon Beruniy – ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda, falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi.

Beruniy soʻnggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Uning oʻz davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga maʼlum.

Ishtirokchilar oʻzining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-maʼrifiy merosini yanada chuqur oʻrganish va keng targʻib qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratishdi.

Tadbir soʻngida ushbu davra suhbatida munosib ishtirok etgan faol oʻquvchilarga tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?