Ilhom Aliyev Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi

17:42 22 Avgust 2024 Siyosat
170 0

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Davlat tashrifi Toshkent shahridagi Haydar Aliyev yodgorligiga gul qoʻyish marosimi bilan boshlandi.

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram

Mazkur koʻrkam goʻsha Prezidentimiz Shavkat Mirziyov tashabbuslari bilan 2022-yilda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi, oʻzbek xalqining yaqin doʻsti Haydar Aliyev sharafiga bagʻishlab barpo etilgan.

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram

Ozarbayjon delegatsiyasi buni Oʻzbekiston xalqidan qardosh Ozarbayjon xalqiga hurmat ifodasi, umumiy tariximizga chinakam birodarona munosabati sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

Foto: Bosh vazir matbuot kotibi / Telegram

Shundan soʻng Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер