Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

19:33 21 Avgust 2024 Siyosat
273 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Oʻzaro tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, ishbilarmonlik aloqalarini, shu jumladan hududlararo almashinuvni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya salohiyatini roʻyobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish va boshqa masalalar diqqat markazida boʻladi.

Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazishi, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi ham koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер