Ilgari oftobda sarg‘ayib, tik oyoqda kutib turardik — Fotima Qutlimurotova
Foto: “Xalq soʻzi”
Nukus shahrining 6 ta manzilida joriy o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi.
— Test imtihonlarining mana shunday shaffof o‘tkazilishi va ota-onalar uchun testni onlayn kuzatish imkoniyatini yaratilgani bizni juda quvontirdi, — deydi chimboylik Fotima Qutlimuratova. — To‘g‘risi, ilgari oftobda sarg‘ayib, tik oyoqda kutib turar edik. Bugun nafaqat abiturientlar balki, ota-onalar uchun ham alohida xona va maxsus jihozlangan kutish zallari ajratilganidan mamnun bo‘ldik.
Test o‘tkazilayotgan Nukus davlat pedagogika instituti vakillaridan iborat volontyorlar guruhi ish olib bormoqda. Guruh a'zolari test sinovlariga kelgan abiturientlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlar tashkil qilib, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishmoqda. Shuningdek, ota-onalar uchun madaniy tadbirlar tashkil qilinib, kutish vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoqdalar.
G‘ayrat Otajonov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tilim “Man Siti” deb chiqqan yoxud bitta oʻzbek yigiti qanday qilib Yevropaning eng kuchli jamoalari orasida talash boʻldi (tahliliy maqola)
- 2024-yilda davlat byudjetiga qancha soliq tushumlari tushgan?
- Oʻzbekistonda nechta OTM bor va ularda oʻqiyotgan talabalarning soni qancha?
- Shaxmat oʻynab qancha topish mumkin? Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda qancha pul ishlab olgani maʼlum boʻldi
- Davlat dasturi loyihasi muhokamasi: konseptual taklif va tavsiyalar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring