Shaxmat oʻynab qancha topish mumkin? Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda qancha pul ishlab olgani maʼlum boʻldi

“Chess.com” 2024-yil shaxmat turnirlarida eng katta mukofot pullarini qoʻlga kiritgan shaxmatchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda nashr oʻz saytida axborot qoldirdi.
Unga koʻra, Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda 12 ta yirik turnirda qatnashib, jami 132 ming 981 AQSH dollar mablagʻ ishlab olgan. Oʻzbekiston vakili eng koʻp pul topgan shaxmatchilar roʻyxatida 12-pogʻonani band qilgan.
2024-yilda eng koʻp pul ishlab olgan shaxmatchi hindistonlik Gukesh Dommaraju boʻldi. U 8 ta turnirda ishtirok etib, jami 1 million 577 ming 842 AQSH dollar ishlab olishni uddasidan chiqqan. Ikkinchi oʻrinni 1 million 183 ming 600 dollar bilan xitoylik Ding Liren band qilgan. Kuchli uchlikni fransiyalik Alireza Firuzja 639 ming 173 dollar mablagʻ bilan yakunlab bergan.
Qayd etish kerakki, hindistonlik amaldagi jahon toji egasi va xitoylik eks-chempion ushbu mablagʻning katta qismini aynan Singapurdagi chempionlik matchlarida ishlab olishgan.
Dunyoning eng kuchli grossmeysteri, norvegiyalik Magnus Karlsen esa 633 ming 369 dollar bilan 4 oʻrindan joy olgan.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, ushbu ishlab olingan mablagʻlar faqatgina turnirdagi ishlab olgan mablagʻlar hisobidan shakllantirilgan. Bundan tashqari, ochiqlanmaydigan gonorarlar va reklamadan tushadigan pul miqdori ochiqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring