2025-yil uchun Davlat byudjeti qonuniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar koʻrib chiqildi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning 12-yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun muhokama etildi.
Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, shu jumladan aholining hayoti uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, xalq turmush farovonligini oshirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport hamda boshqa sohalarni rivojlantirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Joriy yilda hududlarda dolzarb ijtimoiy muammolarni, mahalla infratuzilmasi bilan bogʻliq muhim masalalarni hal etish hamda boshqa sohalarni rivojlantirish yuzasidan Prezidentning qator farmon va qarorlari qabul qilingan.
Amalga oshirilayotgan tadbirlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash va qoʻshimcha xarajatlar manbalarini aniqlash zarurati yuzaga kelgani qayd etildi.
Ushbu Qonun bilan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish hamda koʻp kvartirali uylarda va ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, byudjet mablagʻlarining maqsadli, samarali sarflanishini oshirish, byudjet intizomini mustahkamlash doirasida mablagʻlarning bir qismini maqbullashtirish va ularni qoʻshimcha xarajatlarga yoʻnaltirish nazarda tutilmoqda.
Senatorlar 2025-yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunga kiritilayotgan oʻzgartishlar mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring