Oʻzbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari Xelsinkida muzokara oʻtkazdi

16:17 09 Mart 2026 Siyosat
102 0

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Finlyandiya oʻrtasidagi munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy dinamikani alohida qayd etdilar. Uchrashuvning asosiy urgʻusi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi. Xususan, investitsiyaviy loyihalarni koʻpaytirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Vazirlar nafaqat ikki tomonlama aloqalar, balki mintaqaviy jarayonlar va xalqaro maydondagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdilar. Xalqaro tashkilotlar va platformalar doirasida harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olindi.

“Ikki tomonlama kun tartibimiz boy va istiqbolga yoʻnaltirilgan boʻlib, aloqalarimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan koʻplab qoʻshma tashabbuslar va boʻlajak tadbirlarni oʻz ichiga oladi”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Muzokaralar yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер