Senatorlar “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunni muhokama qildi

12:00 18 Dekabr 2025 Siyosat
260 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatning oʻn ikkinchi yalpi majlisida “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Qayd etilganidek, mazkur Qonunning maqsadi 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlar taʼkidlaganidek, 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetida aholi turmush darajasini yaxshilash, xalq farovonligini yuksaltirish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning sogʻliqni saqlash tizimi bilan qamrovini kengaytirish va sifatli taʼlimga ega boʻlish kabi ijtimoiy soha maqsadlariga ustuvorlik berilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Jumladan, Davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 55 foizi yoki 220,0 trln soʻmi ijtimoiy sohaga yoʻnaltirilmoqda. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida taʼlim sohasi uchun 100 trln soʻm nazarda tutilgan, tibbiyot sohasiga esa 49 trln soʻm yoki joriy yilga nisbatan 11,4 foizga oshirilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Qonunga asosan kelgusi yilda inflyatsiya darajasi 7 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

2026-yilda Davlat byudjeti xarajatlari 402,6 trln soʻmni, daromadlari esa 368,9 trln soʻmni tashkil etmoqda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari esa 78,6 trln soʻm, xarajatlari 74,4 trln soʻm (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) miqdorida rejalashtirilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Xususan, mazkur Qonunda 2026-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 515,8 trln soʻm, xarajatlar esa 567,6 trln soʻm miqdorida shakllantirilgan. Bunda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi vazifasi nazarda tutilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Muhokama jarayonida senatorlar byudjet daromadlarini oshirish va byudjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishga alohida eʼtibor qaratdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlar oʻz chiqishlarida 2026-yilda makroiqtisodiy siyosat sohasida ustuvor etib belgilagan vazifalarni bajarish, ijtimoiy muammolarni hal qilish, mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va davlat dasturlarida nazarda tutilgan boshqa muhim tadbirlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini qayd etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?