“Oʻzbekkosmos” agentligi 2024-yilda amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan axborot berdi

17:42 16 Yanvar 2025 Jamiyat
379 0

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Shu yilning 16-yanvar kuni AOKAda “Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan oʻtgan 2024-yilda amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Xususan, oʻtgan davrda aerokosmik texnologiyalarni qoʻllagan holda olib borilayotgan Davlat kosmik monitoringi tizimi orqali ekologiya, geologiya, qishloq xoʻjaligi, yer munosabatlari, suv xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi kabi sohalar tahlil qilinib, 100 mingdan ortiq ehtimoli yuqori boʻlgan qonunbuzilish holatlarni aniqladi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Agentlik muassisligidagi Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan yer munosabatlari yoʻnalishida butun respublika kesimida 96 ming 312 ta qariyb 9 ming 200 gektar ehtimoli yuqori boʻlgan oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino-inshootlar mavjudligi aniqlangan.

Shuningdek, kosmik suratlarni qayta ishlash natijasida geologiya yoʻnalishida respublika boʻyicha 2 ming 426 ta noqonuniy karyer, qazib olish ishlari olib borilayotgan 2 543 gektar maydon aniqlandi. Shundan 1 ming 433 tasi yaʼni 1 442 gektari ruxsatnomasiz qazish holatlariga, 390 tasi 440,5 gektari chegara buzilishi hamda shartnoma asosida berilgan loyiha konturidan chetga chiqish holatlariga va 603 tasi 660,3 gektari daryo muhofaza zonalarida noqonuniy qazish holatlariga toʻgʻri kelmoqda.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Qolaversa, Davlat kosmik monitoringgi doirasida ekologiya yoʻnalishi boʻyicha 12 ta hududning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud ekanligi aniqlandi. Ulardan 123 tasi yaʼni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,3 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etildi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Ahamiyatlisi, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy taʼsir oʻtkazib, tuproq, suv va havo sifatining buzilishiga olib keladi. Qolaversa, zararli hasharotlar koʻpayishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda oʻpka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga sabab boʻladi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, “Oʻzbekkosmos” agentligi atrof muhit hamda yer unumdorligiga yetkazilayotgan zararlarni aniqlash va oldini olish maqsadida kosmik monitoring orqali Surxondaryo, Toshkent, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryoda 2024-yilning iyun iyul oylarida boshoqli don ekinlaridan boʻshagan 31 ming 483,2 gektar maydonda somon poyalari va qoldiqlari yonishi bilan bogʻliq jami 2 ming 266 ta holatni aniqladi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

“Oʻzbekkosmos”ning 2024-yil davomidagi faoliyati koʻplab yorqin voqealar va hodisalar, yangiliklar, tarixiy qarorlar va oʻzgarishlarga ham boy boʻldi. Yaʼni bevosita agentlik faoliyatiga taalluqli 1 ta Qonun, 1ta Farmon va Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi. Shuningdek, yana bir Qonun Senatorlar tomonidan tasdiqlandi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi tomonidan 1967-yil 27-yanvarda imzolangan “Kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati prinsiplari toʻgʻrisida”gi shartnomaga Oʻzbekiston 115chi davlat sifatida qoʻshildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz uchun kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatini ochib berdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Qolaversa, eng muhim tadbirlardan yana biri bu Toshkentda oʻtgan MDH Davlatlararo kosmik kengashining beshinchi yigʻilishi boʻldi. Unda Rossiya Federatsiyasining “Roskosmos” Davlat korporatsiyasi vakillari, Belarus va Tojikiston Respublikalarining milliy fanlar akademiyasi Aerokosmik faoliyati ekspertlari, Qozogʻiston Respublikasining Aerokosmik qoʻmitasi rahbariyati va Armaniston Respublikasining kosmik sohadagi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Shu bilan birga, agentlik vakillari Vena shahrida boʻlib oʻtgan BMT Kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish boʻyicha qoʻmitasining 67-yigʻilishida, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida, AQSHda oʻtgan “Esri Developer Summit — 2024” va “Satellite – 2024” konferensiyalarida, Ostona va Anqara shaharlarida oʻtgan Turkiy davlatlarning kosmik tashkilotlari vakillarining yigʻilishida, Italiyaning Milan shahrida oʻtgan 75–Xalqaro astronavtika kongressida, Xitoyning Deqing, Tailandning Bangkok, Indoneziyaning Jakarta shaharlarida oʻtgan seminarlarda ham ishtirok etishdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

2024-yilda shuningdek “Oʻzbekkosmos” agentligi ilk bora Oʻzbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi”gini oʻtkazdi. Uning doirasida koʻplab yirik loyihalar, xususan, “Tashkent city mall” savdo – koʻngilochar markazida kosmos tarixiga bagʻishlangan maxsus koʻrgazma, bolajonlar uchun majmuadagi “Sky Park” tomonidan turli interaktiv shou oʻyinlar, tanlov va viktorinalar, butun Respublika boʻyicha umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va universitetlarda “Butunjahon kosmos haftaligi” mavzusiga bagʻishlangan ochiq darslar, suhbatlar, taqdimotlar va boshqa qator loyihalar amalga oshirildi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Yoshlarning kosmonavtika va muhandislikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Oʻzbekkosmos” agentligi joriy yilda 10 nafar iqtidorli maktab oʻquvchilarini Turkiyaning Bursa shahridagi “GUHEM” kosmik va aviatsiya markaziga yubordi. U yerda yoshlar 150 dan ziyod interfaol mashgʻulotlarda ishtirok etib, simulyatsion kosmik sunʼiy yoʻldoshlar, aviatsiya tizimlari bilan yaqindan tanishishdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Shu bilan birga, butunjahon kosmos haftaligi doirasida “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2024” hakaton tadbiri ham oʻtkazildi. Unda 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga boʻlingan holda “NASA” tomonidan berilgan dolzarb 30 ta mavzu boʻyicha oʻzlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqishdi. Qayd etish lozim, “NASA Space Apps Challenge 2024” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashishadi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, 2024-yilda Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Yangi hayot” aerodromida OTM talabalari hamda maktab oʻquvchilari ishtirokida “CanSat” loyihasi amalga oshirildi. Yaʼni, yigʻilgan 120 nafar yosh ixtirochilar oʻzlari ishlab chiqqan mini sunʼiy yoʻldoshlarni dron yordamida 200 va 500 metr balandlikkacha uchirishdi.

Foto: Sirojiddin Vohidov/“Xalq soʻzi”

Aynan yoshlarning kosmos sohasiga boʻlgan qiziqish va bilimlarini oshirish maqsadida “Aloqa tarixi muzeyi”da Oʻzbekkosmos agentligi tashabbusi bilan maxsus ekspozitsiya ochildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер