Oʻzbekistonda nechta OTM bor va ularda oʻqiyotgan talabalarning soni qancha?

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziriligi statistik maʼlumotlar platformasi 2025-yilning 11-yanvar holatiga koʻra Oliy taʼlim muassasalari bilan bogʻliq hisobotini yangiladi.
Unga koʻra, hozirda Oʻzbekistondagi jami OTMlar soni 208 ta boʻlib, ulardan 108 ta davlat, 30 ta xorijiy hamda 70 ta nodavlat OTMlarni tashkil qilmoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, davlat OTMlarida 995 ming 551 ta, nodavlat OTMlarida esa 515 ming 634 nafar talaba oʻqimoqda. Shulardan 173 ming 788 nafari davlat granti asosida, 1 million 377 ming 384 nafari esa toʻlov kontrakti asosida tahsil olishmoqda.
Respublikamiz hududidagi OTMlar soni tashkiliy turi boʻyicha quyidagicha taqsimlangan: 1 ta konservatoriya, 5 ta akademiya, 40 ta OTMlar filiali, 53 ta institut hamda 109 ta universitet.
OTMlar hududiy joylashuvi boʻyicha quyidagicha koʻrinishga ega:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 12 ta, Navoiy va Sirdaryoda 3 tadan, Xorazmda 8 ta, Buxoroda 11 ta, Surxondaryoda 6 ta, Jizzaxda 5 ta, Samarqand hamda Toshkent viloyatida 14 tadan, Andijon, Qashqadaryo hamda Namanganda 9 tadan, Fargʻonada 13 ta, Toshkent shahrida esa 92 ta Oliy taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
Eng koʻp talabaga ega OTMlar roʻyxatida “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti” 47 ming 140 nafar talaba bilan yetakchilik qilmoqda. “Toshkent Kimyo xalqaro universiteti” esa 35 ming 666 ta talaba bilan ikkinchi, “Oʻzbekiston Milliy universiteti” esa 34 ming 450 nafar talaba bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan. Undan keyingi oʻrinlarni “International School of Finance Technology and Science” (ISFT) instituti 29 ming 561 nafar talaba bilan toʻrtinchi, “Toshkent amaliy fanlar universiteti” esa 28 ming 345 ta talaba bilan beshinchi oʻrinni band qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning fevral oyidan beri xususiy OTMlar faoliyati uchun litsenziya berilishi toʻxtatilgan.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni “stat.edu.uz” saytidan olishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring