Ikki qitʼani birlashtirgan shahar, dengiz va millionlab sayyohlar — Istanbul shahridan fotoreportaj
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Istanbul — dunyoga mashhur qadimiy majmualar joylashgan, millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qilgan shahardir. Ushbu shahar turkiyaliklarning asosiy sanoat, savdo va madaniy markazi hisoblanadi.
“Xalq soʻzi” foto muxbiri Istanbul shahrining goʻzal manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.
Istanbul shahri geografik joylashuviga, iqlim sharoitiga koʻra, dunyoning hech bir mintaqasida uchramaydigan goʻzal tabiatga ega. Yevropa va Osiyo qitʼasini birlashtirgan Bosfor boʻgʻozi ham aynan ushbu shahrida joylashgan.
Istanbul shahrining markaziy qismida joylashgan Taqsim maydoni doimo mahalliy aholi va sayyohlar bilan gavjum.
Ushbu maydonning eng mashhur, tomoshabop monumenti 1928-yilda Petro Kanonik tomonidan ishlangan “Respublika” haykali hisoblanadi. Ushbu sanʼat namunasi Mustafo Kamol Otaturk sharafiga oʻrnatilgan.
Istanbul shahrida joylashgan Marmar dengizi ham odamlarni oʻziga jalb qiladigan asosiy manzillardan biridir. Ushbu dengiz sohillarini aylanib, sayr qilgan har bir sayyoh unutilmas xotiralar bilan qaytishiga shubha yoʻq.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring