Ikki oyda Oʻzbekistonga 2,1 ming nafar AQSH fuqarolari tashrif buyurdi
2025-yilning yanvar fevral oylarida jami 2,1 ming nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 % ga (63 nafarga) yuqoridir.
Tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi, yaʼni 1 221 nafari safar maqsadi sifatida sayyohlikni koʻrsatishgan. 523 kishi esa xizmat yuzasidan kelganini maʼlum qildi. Yana 186 nafar Qoʻshma Shtatlar fuqarosi qarindoshlarni yoʻqlash uchun kelgan boʻlsa, 108 kishi oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga kelishgan.
Taʼkidlash joiz, keluvchilarning eng kam qismi (14 kishi) tijorat maqsadi bilan tashrif buyurgan, vaholanki, yanvar oyining oʻzidayoq yurtimizga 41 196 nafar chet ellik tijorat qilish uchun kelgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring