Ikki oy muddatda Abu Dabi fondi bilan “Oʻzbekiston pochtasi”ni transformatsiya qilish rejasi ishlab chiqiladi
Foto: president.uz
Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022-yildagi rejalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari telekommunikatsiya tarmogʻini kengaytirish yoʻnalishida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yil yakuniga qadar:
— 6 ming 800 ta yangi mobil stansiyani oʻrnatish va 80 ta olis qishloqni aloqa tizimiga ulash (yana 38 ta qishloq 2023-yilda ulanadi);
— qoʻshimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash;
— respublika boʻyicha optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;
— 60 foiz magistral yoʻllarni mobil internet bilan taʼminlash topshirildi.
Eng muhimi, 1-sentyabrga qadar Toshkent viloyatida respublikada ilk bor yuqori quvvatli Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ishga tushiriladi.
Shuningdek:
— birinchi yarim yillikda 100 million, yil yakunigacha 300 million dollar investitsiyani oʻzlashtirish;
— ikki oy muddatda Abu Dabi fondi bilan “Oʻzbekiston pochtasi”ni transformatsiya qilish rejasini ishlab chiqib, kiritish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring