Ikki yil davomida qidiruvda boʻlgan shaxs Turkiyada qoʻlga olindi

14:20 27 Yanvar 2025 Jamiyat
137 0

Firibgarlik uchun 2023-yilda qidiruvga berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Turkiyada qoʻlga olindi. Bu haqida mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Unga koʻra, 1991-yilda tugʻilgan I.A. firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.

Fuqaro I.A. Turkiya va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olindi va Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi.

“Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?