Ikki agentlik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

14:40 17 Fevral 2025 Jamiyat
191 0

Mazkur hujjat davlat xizmatchilarida korrupsiyaga qarshi madaniyat va qadriyatlarni hamda murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni joriy etishni nazarda tutadi.

Shu maqsadda Memorandumda quyidagi muhim yo‘nalishlar qamrab olingan:

— davlat sektorida halollik va manfaatlar to‘qnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda davlat organlari va tashkilotlariga ko‘maklashish;

— davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turgan nomzodlarning korrupsiyaga qarshi barqarorligi darajasini baholash;

— davlat organlari va tashkilotlarida ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi menejment xalqaro standart talablariga muvofiq, “rahbar shaxsiy namunasi” (Tone at the Top)ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

— davlat xizmatchilarining halollik kompetensiyalari modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish va boshqalar.

— Asosiy maqsadimiz — halol davlat xizmatining asosi, shu bilan birga, korrupsiyaning oldini olish va davlat idoralarida to‘g‘ri va adolatli faoliyatni ta’minlashga qaratilgan aniq va samarali tizimni joriy etish, — deydi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov. — Amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarimiz davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirish maqsadida kirganlarini aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol, ishonchli va loyiq kadrlarni tanlashga ko‘maklashadi. Albatta, bularning barchasi murakkab jarayon va oson kechmaydi, lekin davlat xizmatining shaffofligi, ishonchliligi va samaradorligini oshirishda biz uchun juda muhim.

Shahzoda ERGASHEVA,

O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?