IIV sobiq rahbari Poʻlat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi
Arxiv foto
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimini egallab kelgan general-leytenant Poʻlat Razzoqovich Bobojonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, Poʻlat Bobojonov 2017-yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelayotgandi. Bungacha u Xorazm viloyati hokimi, Buxoro viloyati prokurori, Jizzax viloyati prokurori, Bosh prokuraturaning Soliq va valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish departamenti boshligʻi, Oʻzbekiston bosh prokurori oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Toshkent shahar IIBB boshligʻi lavozimini egallab kelgan general mayor Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring