III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali Gulistonda oʻtkaziladi
Foto: Xalq so‘zi
Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi tashkiliy-ijodiy guruh Guliston shahrida boʻlib, joriy yilning aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan III Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik jarayonini koʻzdan kechirdi.
Oʻrganish asnosida festivalni yuqori saviyada oʻtkazish hamda unda ishtirok etishi kutilayotgan mahalliy va xorijiy ishtirokchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Maʼlumot uchun aytish lozimki, Sirdaryo viloyatida ham baxshichilik sanʼati vakillari bor. Xususan, baxshi Saidmurod Gulmurodovning oʻgʻli Dilmurod Gulmurodov ayni paytda mamlakatimizning taniqli yosh baxshilaridan biri sanaladi. Qolaversa, uning olti nafar shogirdi ushbu sanʼat sirlarini oʻrganmoqda. Guliston shahridagi 2- bolalar musiqa va sanʼat maktabida havaskor baxshi Bozorboy Qodirov boshchiligida faoliyat yuritayotgan baxshichilik toʻgaragida esa 10 nafar oʻquvchi ayni sanʼat yoʻnalishidan saboq olmoqda.
— Festivalga puxta tayyorgarlik koʻrish bilan birga, unda faol ishtirok etishni ham maqsad qilganmiz, — deydi Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi xalq ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini rivojlantirish boʻlimi mutaxassisi Abduvaqqos Rahmonov. — Yaʼni mazkur sanʼat bayramida baxshilarimiz qatorida 37 ta havaskor jamoalarimiz ham qatnashishga hozirlik koʻrmoqda.
Eslatamiz, mazkur nufuzli sanʼat festivalining avvalgisiga Nukus shahri mezbonlik qilgan edi.
Ahmadali SHERNAZAROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring