II Xalqaro maqom sanʼati festivali Zominda oʻtkaziladi
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 27-30-iyun kunlari Zomin tumanida Xalqaro maqom sanʼati festivali oʻtkaziladi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevralda “II Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi qabul qilingan edi. Unga koʻra Xalqaro maqom sanʼati anjumanini ikkinchi marta 2020-yil sentyabr oyining birinchi yarmida oʻtkazish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining taklifi maʼqullangan, biroq pandemiya tufayli mazkur anjumanni oʻtkazish boshqa muddatga qoldirilgandi.
Shunday qilib, anjumanga endi oʻzining soʻlim tabiati bilan mashhur Zomin mezbonlik qiladigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Xalqaro maqom sanʼati anjumani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yili Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida boʻlib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring