Ozarbayjon MO davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari formatiga toʻla huquqli aʼzo boʻladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oʻz ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, avvalo delegatsiyalar rahbarlarini Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qutlash va birgalikda suratga tushish marosimlari boʻlib oʻtgan.
Shundan keyin, Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq soʻzlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga toʻla huquqli aʼzo sifatida qabul qilish toʻgʻrisida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini eʼlon qilgan.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, maʼnaviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bogʻlangan xalqlarimiz manfaatlariga toʻliq javob beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring