II Iqtisodiy forumi va sanoat yarmarkasi boshlandi
Toshkentda SHHT Iqtisodiy forumi va Sanoat innovatsion yarmarkasi ochildi. Ikki kun davom etadigan Iqtisodiy Forum va innovatsion yarmarka mamlakatimiz tomonidan soʻnggi bir necha yil ichida olib borilgan va bu yil SHHTga raislik qilinayotgani munosabati bilan faollashgan koʻp qirrali tashqi iqtisodiy siyosatining mantiqiy davomidir. Ushbu formatdagi Forumni Toshkentda oʻtkazish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan SHHTning 2020-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan sammitida ilgari surilgan edi.
Forumning asosiy vazifalari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini, shuningdek, SHHT makonida iqtisodiy rivojlanish va amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, Forum ishtirokchi davlatlarining investitsiyaviy salohiyatini namoyish etish, barqaror rivojlanishni taʼminlash va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatini oshirish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Forumda davlat organlari rahbarlari, tashqi iqtisodiy faoliyatga masʼul vazirliklar, shuningdek, SHHT davlatlarining xalqaro tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda. Uning dasturi Yalpi majlis va “SHHT doirasida istiqbolli investitsiyaviy loyihalar”, “Xalqaro kooperatsiya xususiyatlari va savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklash”, “Raqamlashtirish davrida savdo-iqtisodiy hamkorlik”, “SHHT makonida «yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish» mavzularidagi toʻrtta panel muhokamalardan iborat. Bundan tashqari, mehmonlar uchun SHHT Sanoat innovatsion yarmarkasi oʻtkazilayotir. Uning maqsadi tashkilot mamlakatlarining innovatsion gʻoyalari, texnologiyalari va loyihalarini tijoratlashtirish uchun sharoit yaratishdir.
SHHT Iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yoʻlga qoʻyish, balki ishbilarmon doiralar va korxonalar vakillarining oʻzaro hamkorligi, shuningdek, SHHT makonidagi hududlarga investorlarni jalb qilish uchun samarali maydonga aylanish imkonini beradi.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring