IHTga aʼzo davlatlar OAV vakillari uchun info-tur tashkil etildi
Joriy yilning 20-24-oktyabr kunlari Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ga aʼzo davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlari uchun mamlakat boʻylab info-tur tashkil etildi.
Turizm qoʻmitasi va Oʻzbekistonning IHTga aʼzo davlatlaridagi elchixonalari yordamida tashkil etilgan info-turda 24 nafar nufuzli xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Info-tur dasturiga muvofiq, xorijiy media vakillari Oʻzbekistonning bir qator tarixiy hududlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida boʻlib, milliy hunarmandchiligi, gastronomiyasiga va “Xiva — 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik jarayonlariga doir materiallar tayyorlash hamda bu orqali mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish maqsadida mediakontentlar tayyorlashdi.
Shu oʻrinda, Xiva shaharining xalqaro jamiyatdagi bu eʼtirofi - ichki va tashqi turizmni rivojlantirish, yangi infratuzilma obyektlari, muzey va ekspozitsiyalar barpo etish, sayyohlik xizmatlari eksporti hajmini oshirish imkonini bermoqda.
Shubhasiz, yil boʻyi davom etadigan madaniy tadbirlar, xorijiy va mahalliy jurnalistlar uchun uyushtiriladigan mediaturlar nafaqat shaharni, balki butun mamlakatni dunyo miqyosida yanada keng tanitishga xizmat qiladi. Jahon jamoatchiligi yurtimiz tarixi, tabiati, xalqimiz turmush tarzi va madaniyati, urf-odat va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring