IHT chang va qum boʻronlariga qarshi kurashda Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlashga tayyor
BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi oʻrinbosari Husayn Avni Bichakli bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida H.Bichakli Oʻzbekiston hukumatiga joriy yilning 8–9-noyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti muvaffaqiyatli oʻtkazilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u oxirgi 5 yil ichida Oʻzbekistonning faol rolini alohida qayd etdi.
Uchrashuv davomida ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik masalalari, xususan, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) negizida IHT davlatlarining ekologiya sohasidagi ilmiy hamjamiyatlari oʻrtasida yaqin aloqalarni oʻrnatish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, tomonlar “Green University” va IHT davlatlarining Boku shahridagi (Ozarbayjon) Toza energiya markazi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror energiya va atrof-muhit tamoyillarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
IHT Bosh kotibi oʻrinbosari Oʻzbekiston bilan IHT mamlakatlari oʻrtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik rivojlanib borayotganligini qayd etdi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash va atrof-muhitni muhofaza qilishda IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi haqidagi tashabbusi hamda 2024-yilda boʻlib oʻtadigan Samarqand iqlim forumi doirasida Oʻzbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan IHTning Atrof-muhit masalalari boʻyicha yuqori darajali platformasining birinchi konferensiyasini oʻtkazish taklifi maʼqullandi.
Bundan tashqari, Husayn Avni Bichakli tashkilot Oʻzbekiston rahbari tomonidan IHT 16-sammitida ilgari surilgan CRIC-21 doirasida qum va chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini ishlab chiqish tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida IHT Bosh kotibining Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi va IHT davlatlarining yuqori darajadagi vakillari ishtiroki masalasini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring