Ichki turizm targʻiboti uchun yiliga 20 milliard soʻm ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Unda taʼkidlanishicha, oʻtgan yili Moʻgʻuliston bilan turizm boʻyicha katta kelishuvga erishilgani hisobiga sayyohlar 100-200 nafardan 4 mingga oshgan.
Koʻrfaz davlatlarida doimiy sayohat qiladigan 3 million aholi bor. Lekin ularning koʻpi Ozarbayjon, Gruziya, Albaniya, Xorvatiya kabi vizasiz rejim boʻlgan mamlakatlarga boryapti.
“Toʻgʻri, bu davlatlarga 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan. Lekin, bu muddat 30 kunga uzaytirilsa, sayyohlar 5-6 karra koʻpayadi. Bundan tashqari, Hindiston, Pokiston, Misr va Eronlik sayyohlarga viza berishni yengillashtirish mumkin”, dedi davlatimiz rahbari.
Rossiya va Xitoyning hududlari bilan manzilli ishlash yoʻlga qoʻyilgani uchun investitsiya va sayyohlar oqimi keskin oshdi. Endi bu tajribani kengaytirib, Yaponiya, Koreya va Yevropa davlatlari bilan ham tashkil qilish topshirildi.
Milliy turizm yagona platformasini ishga tushirishni tezlashtirish, unda chipta olish va elektron viza berish imkoniyatlarini yaratish vazifasi qoʻyildi.
Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” dasturi orqali 100 ming ziyoratchini jalb qilish boʻyicha ishlar boshlangan. Mutasaddilarga Kuala-Lumpur va Jakartadan Samarqand, Buxoro orqali Jidda shahriga reys qoʻyish boʻyicha muzokaralarni jadallashtirish topshirildi.
Soʻnggi yillarda ichki turizmga eʼtibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetdi(2017-yilda 5 millionta edi).
Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar koʻp. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish” kuni, deb eʼlon qilinadi.
Yoshlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblariga “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini sovgʻa qilish yoʻlga qoʻyiladi.
Har yili ichki turizm targʻibotini kengaytirishga 20 milliard soʻm ajratiladi.
Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring