Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kursantlarning bitiruv marosimidan fotoreportaj
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
24 iyun kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kursantlarning bitiruv marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, soha faxriylari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbirni Akademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov kirish so‘zi bilan ochdi.
Joriy yil Akademiyaning kunduzgi ta’lim yo‘nalishini 7 ta ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha 600 nafardan ortiq kursant tamomladi. O‘tgan uch yil mobaynida ular o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha zamon talablari darajasida ta’lim oldilar. Mashg‘ulotlar milliy va xorijiy tajribaning ilg‘or yondashuvlari asosida olib borildi. Ta’limni amaliyot bilan uyg‘unligini mustahkamlash maqsadida o‘quv tezkor-tergov guruhlari, hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda onlayn master-klass mashg‘ulotlari hamda bazaviy amaliyotlar yo‘lga qo‘yildi. Ayniqsa bitiruv oldi o‘tkazilgan “Final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari kursantlar uchun kelgusidagi xizmat faoliyatida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘quv yili yakunida ular davlat attestatsiya imtihonlarini topshirib, malakaviy diplom ishlarini himoya qildilar.
Tadbirda kunduzgi ta’limni “tezkor-qidiruv faoliyati”, “tergov faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash faoliyati”, “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati”, “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan kursantlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ular orasidan 24 nafar kursant imtiyozli diplom, 2 nafari esa “katta leytenant” maxsus unvoni bilan taqdirlandi.
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov bitiruvchilarni tabriklab, tizim uchun professional kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar kasbiy bilim, intellektual salohiyat, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ona Vatanimiz taqdiriga daxldor fidoyi yoshlarni kamol toptirishda muhim poydevor bo‘layotganini alohida ta’kidladi. Shu kuni birituvchilardan Guljon Maratova, Sevdiyor Abdunazarov, ota-onalar nomidan esa Muhayyo Sodiqovalar so‘z olib, davlatimiz tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlar va ulkan islohotlarni e’tirof etdilar.
Tadbir ona yurtimizni madh etuvchi qo‘shiq hamda bitiruvchilarning tantanavor marshi bilan yakunlandi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring