Hujjatli va qisqa metrajli filmlar boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

16:30 27 Iyul 2023 Jamiyat
251 0

Bugun “Yangi Oʻzbekiston” kino uyida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” hamda “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yarim yillik hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbariyati, DUK xodimlari hamda kino mutaxassislar ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida kinostudiyalar tomonidan soʻnggi 6 oy davomida suratga olingan hamda syomka jarayonlari davom etayotgan filmlarning bugungi holati hamda targʻiboti boʻyicha hisobotlar qilindi. Shuningdek, kinostudiyalarning kelgusidagi rejalari haqida ham maʼlumot berildi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha “Oʻzbekiston kino sanʼati” muzeyi va “Respublika kinofondi” tashkilotlarining hisoboti koʻrib chiqilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?