Husanovning jamoasi mehmonda “Nottingem”ga imkoniyatni boy berdi

19:25 08 Mart 2025 Sport
185 0

Foto: Getty Images

Bugun, 8-mart sanasida APLning 28-turidan oʻrin olgan “Nottingem Forest” – “Manchester Siti” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻliq harakat qilgan oʻyinda “shaharliklar” 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Uchrashuvning dastlabki 45 daqiqaligi nursiz durang bilan tugagan boʻlsa, 83-daqiqaga kelib “Nottingem” hujumchisi Kallum Xadson-Odoi gʻalaba golini urdi.

“Oʻrmonchilar” mazkur oʻyinda zafar quchish orqali ochkolari sonini 51 taga yetkazib oldi va 3-oʻrindagi joyini mustahkamladi. Hisobiga magʻlubiyat yozilgan “Man Siti” esa 47 ochko bilan 4-oʻrinda qolmoqda.

Oʻtgan oyda “shaharliklar” tarkibidagi eng yaxshi oʻyinchi deb topilgan Abduqodir Husanovning maydondagi harakatlari turli platformalarda yuqori baholandi.

Xususan, “Flashscore” portali himoyachiga 7,1 ball bergan boʻlsa, “Sofascore” oʻzbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,3 ballga loyiq koʻrildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер