Hunarmandlar soni boʻyicha qaysi hudud yetakchi?
2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 117 tani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hunarmandlar sonini hududlar kesimida taqsimlaganda eng yaxshi koʻrsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, poytaxtda 2 906 ta hunarmand borligi maʼlum boʻlgan. Undan keyingi oʻrinlarda 2 564 ta hunarmand bilan Fargʻona viloyati ikkinchi pogʻonadan joy olgan boʻlsa, 2 090 ta koʻrsatkich bilan Samarqand viloyati uchinchi oʻrindan joy olgan.
Shuningdek, Andijon viloyatida 2 088 ta, Namangan viloyatida 1 990 ta, Xorazm viloyatida 1 977 ta, Toshkent viloyatida 1 791 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 496 ta, Buxoro viloyatida 1 474 ta, Jizzax viloyatida 1 033 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 951 ta, Surxondaryo viloyatida 845 ta, Sirdaryo viloyatida 465 ta hamda Navoiy viloyatida 447 ta hunarmandlar faoliyat yuritmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring