“Human Rights Watch” ham Isroildan “yuz ugirdi”. Tashkilot yahudiy davlatini urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda

Foto: Reuters
“Human Rights Watch” hisobotida Isroilning Gʻazodagi falastinliklarni majburiy koʻchirishlari urush va insoniyatga qarshi jinoyatlarni tashkil etganlikda ayblagan. Isroil esa ushbu hisobotni “haqiqatdan butunlay yiroq va notoʻgʻri” deb baholadi. Hisobot Gʻazoda yuzaga kelgan ogʻir gumanitar vaziyatga oid xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan qator ogohlantirishlar qatoriga qoʻshildi.
Maʼlum boʻlishicha, “Human Rights Watch” hisobotida majburiy koʻchirishlar keng koʻlamli va tizimli ekani, davlat siyosatining bir qismi sifatida amalga oshirilayotganiga dalillar borligi aytilgan. Bunday harakatlar insoniyatga qarshi jinoyatlar deb koʻrilishi ham mumkinligi taʼkidlangan. Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakili esa Isroilning harakatlari faqatgina “XAMASning terror imkoniyatlarini yoʻq qilishga” qaratilganini bildirdi.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi vakili Oren Marmorsteinning aytishicha, “Isroil har bir tinch aholiga zarar yetkazilish holatini fojiya” deb hisoblaydi. XAMAS esa buni strategiya sifatida ishlatib, xalqaro tashkilotlarning eʼtiborini tortishga urinishini bildirgan. XAMAS esa tinch aholini “jonli qalqon sifatida” foydalanish yoki oʻz jangchilarini maktablar va kasalxonalarda yashirish kabi ayblovlarni rad etdi.
Qayd etish kerakki, agar bu aholini xavfsizligini taʼminlash yoki harbiy sabablar tufayli zarur boʻlmasa, qurolli mojaro qonunlari bosib olingan hududdan tinch aholini majburan koʻchirishni taqiqlaydi.
Gʻaza sogʻliqni saqlash rasmiylariga koʻra, Isroilning Gʻazodagi harbiy kampaniyasi natijasida 43,500 dan ortiq odam halok boʻlgan va 2,3 million aholining koʻpchiligi bir necha marta koʻchishga majbur boʻlgan. Isroil armiyasi Gʻazoning shimoliy hududlaridan falastinliklarni koʻchirish orqali XAMAS kuchlarini yoʻq qilishga urinmoqda.
“Human Rights Watch” esa bu harakatlarni “etnik tozalash” deb atgan. Hozircha boshqa tafsilotlar oshkor qilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring