“Hukumat soati”: deputatlar savollariga suv xoʻjaligi vaziri javob berdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar “Suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, sohadagi xodimlarning mehnat havfsizligini taʼminlash hamda suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masalani muhokama qildilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Hamroyev javob berdi.
Sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar natijasida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan maydonlar 1,2 mln. gektarga yetdi. Jumladan, 2017-2023-yillarda respublika boʻyicha jami 472 ming gektarda tomchilatib, 48 ming gektarda yomgʻirlatib, 24,6 ming gektarda diskret, 63,5 ming gektarda boshqa turdagi sugʻorish texnologiyalari joriy qilindi.
Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 51 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritildi. Har yili suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan va raqamli texnologiyalarni joriy qilish, irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish, yerlarni lazerli tekislash, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish hisobidan oʻrtacha 7,0 mlrd. metr kub suv resusrlarini iqstisod qilishga erishilmoqda.
Bugungi kunda 363 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Samarqand viloyatida Narpay tumani, Toshkent viloyatida Yuqori Chirchiq tumani, Jizzax viloyatida Doʻstlik tumani, Qashqadaryo viloyatida Kasbi va Nishon tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba va Oqoltin tumanilari suv xoʻjaligining funksiyalari toʻliq xususiy sektorga oʻtkazilib, belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, soʻnggi uch yil davomida suv xoʻjaligi obyektlarida 8 371 ta “Aqlli suv”, 6 537 ta “Dayver” qurilmalari oʻrnatilib, 58 ta yirik suv xoʻjaligi obyektining boshqaruv jarayonlari toʻliq avtomatlashtirildi, 1 479 ta nasos stansiyada suv miqdorini onlayn monitoring qiluvchi qurilmalar oʻrnatildi.
“Hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova suv obyektlari va suv resurslaridan foydalanishda imzolangan xalqaro shartnomalar qay darajada bajarilayotgani, bitimlardagi kelishuvlar ijrosida qanday muammolar borligi bilan qiziqdi.
Deputatning ushbu savoliga suv xoʻjaligi vaziri Sh.Hamroyev batafsil javob berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring