Hukumat qarori bilan yoʻl harakati qoidalari tasdiqlandi

21:30 12 Aprel 2022 Jamiyat
1407 0

Hujjat bilan:

— aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari atrofidagi yoʻllarda 300 metrgacha boʻlgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bunda Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yoʻl harakati qatnovi yuqori boʻlgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;

— yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga oʻrnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;

— yuk avtomobillari, Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yoʻlning faqat oʻng qatnov qismidan harakatlanishi shart;

— transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki oʻtib toʻxtash taqiqlanadi;

— sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda velosiped yoʻlkasi boʻlmagan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar boʻlgan ustki kiyimda boʻlishi shart.

Yangi tahrirdagi Yoʻl harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan boshlab amalga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?