Hukumat organlariga “DeepSeek AI”dan foydalanish taqiqlandi – Tayvan

Tayvan hukumati Xitoyga tegishli “DeepSeek” sunʼiy intellekt xizmatidan foydalanishni taqiqladi. Hukumat bunday qarorni axborot xavfsizligini taʼminlash va maxfiy maʼlumotlarning Xitoyga sizib chiqish xavfini oldini olish maqsadida qabul qilgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Tayvan oʻz suverenitetini saqlab qolish yoʻlida uzoq yillardan beri Xitoy texnologiyalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanib kelmoqda. Qayd etish kerakki, Pekin oʻzini Tayvanning yagona qonuniy hukumat sifatida eʼtirof etishni talab qilib keladi. Shu bois Taypey hukumati Xitoy texnologiyalari orqali kelib chiqadigan xavflarga alohida eʼtibor qaratishga majbur boʻlgan.
Tayvan Bosh vaziri Chjo Juntay hukumat yigʻilishida “DeepSeek” sunʼiy intellekt xizmatidan foydalanish barcha davlat idoralarida taqiqlanganini maʼlum qildi. Unga koʻra, mazkur qaror davlat axborot xavfsizligini taʼminlash uchun qabul qilingan. Rasmiy bayonotda “DeepSeek” xizmatidan foydalanish senzura muammolariga olib kelishi, shuningdek, foydalanuvchilar maʼlumotlari Xitoyga sizib chiqishi xavfi borligi maʼlum qilindi.
Oʻtgan hafta Tayvan Raqamli ishlari vazirligi davlat idoralariga “DeepSeek”dan foydalanishni tavsiya etmagan, biroq aniq taqiq qoʻymagan edi. Biroq hukumat hozirda bu xizmatdan butunlay voz kechish zarurligini taʼkidlayapti.
“DeepSeek” sunʼiy intellekti faqat Tayvanda emas, balki Janubiy Koreya, Fransiya, Italiya va Irlandiya kabi davlatlarda ham shaxsiy maʼlumotlarning himoyalanishi boʻyicha tekshiruvlardan oʻtmoqda. Ushbu davlatlarning rasmiylari xizmatdan foydalanish natijasida shaxsiy maʼlumotlar qanchalik xavfsizligini tahlil qilib, xulosa chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring