Hududlarni rivojlantirish boʻyicha tobora yangi marralar belgilanmoqda
Avval xabar berilganidek, bugun, 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻqqizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda.
Yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.
Parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva oʻz kirish soʻzida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda boshlangan tizimli islohotlar izchillik bilan davom etayotganiga urgʻu berdi.
– Yaqinda davlatimiz rahbarining Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlariga oid Farmoni tom maʼnoda Uchinchi Renessans poydevoriga asos soldi, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Hududlarni rivojlantirish boʻyicha tobora yangi marralar belgilanmoqda.
Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasini kelgusi uch yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlariga doir yaqinda qabul qilingan qarori qoraqalpoq diyorining ravnaqiga xizmat qilishi shubhasiz. Xususan, Qaror bilan hudud aholisining hayot darajasini koʻtarish, respublika iqtisodiyotini, ijtimoiy sohalarni va infratuzilmani rivojlantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadlariga 21 trln. soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilgani Qoraqalpogʻiston tarixida boʻlmagan yangilikdir.
Shuningdek, yaqinda Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, hudud aholisining turmush farovonligini oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar ham tez fursatlarda oʻzining amaliy natijalarini bera boshlaydi.
Yana bir jihat. Davlatimiz rahbari, qaysi soha, tarmoq yoki hududni rivojlantirish masalalariga toʻxtalmasin, albatta, xalq vakillari – deputatlar va senatorlarni faollikka chaqirib, katta ishonch bildirmoqdalar. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilishi belgilangan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi ustidan qatʼiy parlament nazoratini oʻrnatishni bevosita Senatga ishonib topshirganlari ham xalq vakillariga boʻlgan ishonchning nechogʻlik yuksak ekanligini anglatadi va zimmamizga katta masʼuliyat yuklaydi.
Shu maʼnoda, nafaqat qoraqalpogʻistonlik senatorlar,
balki joylardagi barcha senatorlardan oʻz hududini rivojlantirishda daxldorlik xissi bilan yashash, eskicha ishlash va muammolarga koʻz yumishdan butunlay voz kechib, yangi gʻoya va tashabbuslarni dadil ilgari surish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring