Hududlarni mutanosib rivojlantirish masalasi ilk bor ustuvor yoʻnalish sifatida belgilanmoqda — Shavkat Mirziyoyev

12:11 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
998 0

Birinchidan, bu borada har bir hudud boʻyicha tuman va shaharlar kesimida 14 ta besh yillik dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Bunda, har bir tuman va shaharning muammo va imkoniyatlari oʻrganilib, “oʻsish nuqtalari” belgilab olindi. Ularga muvofiq, aniq reja va loyihalar shakllantirilmoqda.

Ushbu dasturlarning mazmun-mohiyati joylardagi saylovoldi uchrashuvlarimizda, har bir hudud jamoatchiligi eʼtiboriga taqdim etiladi.

Ikkinchidan, hududlarda aholi yashash sharoitini yaxshilash uchun, urbanizatsiya siyosati yanada takomillashtiriladi.

Shu maqsadda 18 ta katta, 22 ta oʻrta va 80 ta kichik shaharlar oʻrtasida transport-logistika tizimi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Samarqand va Namangan kelgusi besh yilda aholi soni million nafarni tashkil etadigan shaharlarga aylantiriladi. 450 ming aholi yashashiga moʻljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelari qurilib, foydalanishga topshiriladi.

Renovatsiya dasturlari asosida, shaharlarda eskirgan uylar oʻrniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylar quriladi, 275 mingdan ziyod oilalar yangi massivlarga koʻchiriladi.

Uchinchidan, ogʻir ekologik sharoitga qaramasdan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasini, uning barcha shahar, tuman va ovullarini kompleks tarzda rivojlantirish, mehnatkash va matonatli, oqkoʻngil

va bagʻrikeng qoraqalpoq elining hayotini obod va farovon etishga har qachonǵidan ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Toʻrtinchidan, Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud boʻlgan hududga aylantirish boʻyicha, boshlangan ishlar davom ettiriladi.

Bunda, Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi tubdan qayta koʻrib chiqiladi. Shuningdek, 3 ming kilometr ichki yoʻllar yangilanadi, 10 ta zamonaviy koʻprik quriladi.

Poytaxtimizni koʻkalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazib, 9 ta jamoat parki, 20 ta xiyobon, 250 kilometr velosiped va piyodalar yoʻlakchalari barpo etiladi.

Toshkentning oqova tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida, yangi tozalash inshooti barpo etiladi.

Chirchiq daryosining 16 kilometrlik qiŕgʻogʻini qayta tiklash hisobiga, 500 gektar yer maydonlari oʻzlashtiriladi. Bu joyda, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va aholi turar-joylari bunyod etiladi.

Umuman, kelgusi besh yilda Yangi Toshkent shahrini barpo etishga qaratilgan loyihamizni bosqichma-bosqich amalga oshirish boshlanadi.

Beshinchidan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, hududlarning “oʻsish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishiga alohida eʼtibor qaratamiz.

Bunda, 70 ming kilometr magistral va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, 22 mingdan ortiq transformator hamda 100 dan ziyod podstansiya quriladi va yangilanadi.

Ayni vaqtda 70 ming kilometrdan ziyod avtomobil yoʻllari, 15 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi va 1 ming kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi.

Mamlakatimiz boʻyicha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 87 foizga yetkaziladi.

Bundan tashqari, 2026-yilgacha 32 ta yirik shaharlar, 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlari yangilanadi.

Shuningdek, maishiy chiqindilar yigʻish 100 foizga va uni qayta ishlash darajasi hozirgi 21 foizdan 50 foizga yetkaziladi.

Oltinchidan, zarur sharoitlar tashkil qilish orqali, 2026-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar soni 9 millionga, turizm xizmatlari eksporti 1,8 milliard dollarga yetkaziladi.

Samarqand xalqaro aeroporti yirik transport xabiga aylantiriladi.

“Abadiy shahar” tarixiy majmuasini oʻz ichiga olgan “Samarqand turizm markazi” tashkil etiladi.

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida, mahalliy sayyohlar soni kelgusida har yili 12 milliondan oshadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Orolboʻyida ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi. Bunda, Moʻynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.

Bundan tashqari, 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratiladi va ushbu yoʻnalishda davlat dasturi qabul qilinadi.

Eng muhimi, 2026-yilgacha turizm sohasida band boʻlgan aholi soni 2 barobarga oshirilib, 520 mingga yetkaziladi.

Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirishga har yili 1 t́rillion soʻm mablagʻ ajratiladi.

Yettinchidan, transport yoʻnalishida oldimizda ikkita eng muhim vazifa turibdi.

Avvalambor , Toshkent va yirik shaharlar oʻrtasida kunlik qatnovlar boʻyicha uzogʻi bilan 6-7 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyati yarat́iladi.

Temir yoʻllarini elektrlashtirish darajasi amaldagi 40 foizdan 60 foizga oshiriladi. Toshkent – Urganch yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Shu bilan birga, yuk tashish xarajatlarini kamida 30 foizga pasaytirishimiz, tranzit hajmini 15 million tonnaga yetkazishimiz shart.

Sakkizinchidan, butun mamlakatimiz boʻylab, “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi.

Xonadon, koʻcha, mahalla va qishloq, shaharlarda, yoʻl boʻylari va dala chetlariga daraxtlar ekish, hudud iqlimiga mos koʻchatlarni yetishtirish, sugʻorish hamda parvarish qilish tizimi joriy etiladi.

Bu tizim orqali, hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt koʻchatlari ekiladi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” namunasi asosida, kamida 50 gektar maydonda “yashil bogʻlar” barpo etiladi.

Bundan tashqari, shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun, “yashil parklar” tashkil etiladi.

Shu bilan birga, daraxt kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan buyon, parklar va “yashil zonalar” hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qatʼiyan man etiladi.

Toʻqqizinchidan, kelgusi yillarda Orol dengizining quriǵan tubid́a qoʻshimcha 500 ming gektar yashil maydonlar barpo etilib, ularning umumiy hajmi 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkaziladi.

Orolboʻyida xalqaro “Yashil iqlim” va “Global ekologik jamgʻarma”lari hisobidan bioxilma-xillik, iqlim oʻzgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan, 300 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.

Bularning barchasi Qoraqalpogʻiston hamda Xorazm vohasining ekologik sharoitini yaxshilash, ushbu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga katta hissa qoʻshadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?