Hududlarda zamonaviy infrastrukturaga ega “Oziq-ovqat sanoat parki” tashkil etiladi — Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov

11:39 11 Dekabr 2022 Jamiyat
694 0

Bugun “Oʻzekspomarkaz”da agrar sohasi xodimlarini kasb bayramlari bilan qutlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida katta bayram tadbiri oʻtkazilyapti. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov soʻzga chiqib, quyidagilarni aytib oʻtdi:

— 2022-yilda sohani rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan Strategiyasi doirasida tub islohotlarni amalga oshirib, bir qator ijobiy natijalarga erishdik. Xususan, “Global oziq-ovqat xavfsizligi” indeksida Oʻzbekistonning oʻrni 113 ta mamlakat orasida 85- oʻrindan 73-oʻringa yoki 12 pogʻona koʻtarildi. Oʻzbekiston 2019-2022-yillarda oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlariga erishgan 10 mamlakat ichida 1-oʻrinni egalladi. Fursatdan foydalanib, kelgusi yilda sohani yanada rivojlantirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan eng muhim vazifalarga toʻxtalib oʻtsam:

— Fermer va dehqonlar takliflari, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida agrar sohada moliyalashtirish, kreditlash, sugʻurtalash va subsidiyalashni mutlaqo yangi tizimlari joriy etiladi.

— mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotishni tizimli tashkil qilishda oʻzaro kooperatsion hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida qonuniy asoslar yaratiladi.

— har bir viloyatdagi 3-4 tadan tumanda Agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi.

— ekinlarni joylashtirish, imtiyozli kreditlar ajratilishini monitoring qilish boʻyicha “Agroplatforma” axborot tizimi ishga tushiriladi.

— hududlarda zamonaviy infrastrukturaga ega “Oziq-ovqat sanoat parki” tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?