Hududlarda innovatsion texnoparklar barpo etiladi
Foto: Arxiv surat
Vazirlar Mahkamasining 15.10.2022-yildagi “Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 606-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 28.01.2022-yildagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni bilan Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkentda barpo etilgan “Inno” innovatsion texnoparki shaklidagi zamonaviy infratuzilmaga ega texnoparklarni qurish nazarda tutilgan.
Shuningdek quyidagilar tashkil etiladi:
— Toshkentda – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi tuzilmasida “Ilgʻor loyihalar va injiniring markazi”;
— Surxondaryo viloyatida – respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega “Investorlarga koʻmak markazi”.
Hududiy texnoparklar direksiyalari va ularning rezidentlariga “Inno” innovatsion texnoparkiga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
Innovatsion texnoparklarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
— iqtidorli yoshlarni, shu jumladan talabalar, ilmiy xodimlar, professor-oʻqituvchilar tahliliy fikrlashi uchun zarur sharoitlar yaratish;
— yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, biznes-inkubatorlar va tajriba maydonchalari ishini tashkil etish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va konsalting xizmatlari koʻrsatish orqali koʻmaklashish;
— tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish uchun yagona maydon tashkil etish;
— startap loyihalarni amalga oshirishda ularni qisman moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash va muassislar tarkibiga kirish.
Hujjat bilan “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:
— texnopark boshqaruv kompaniyasining huquq va majburiyatlari;
— startap loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi;
— startap loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartibi;
— yuridik shaxslarni texnopark rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish tartibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring