Hududiy bojxona boshqarmalarida kinologiya sohasida mavjud muammolar oʻrganilmoqda
Mamlakatimiz sarhadlari orqali tovar-moddiy boyliklarni olib oʻtish jarayonida turli qonunbuzarliklarni oldini olishda kinologiya sohasi muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan ushbu sohada mavjud muammo va masalalarga yechim topish maqsadida, Milliy kinologiya markazi direktori F.Qahhorov Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi.
Xususan, markaz ishchi guruhi tomonidan “Dovud-ota”, “Xoʻjayli” chegara “Qoraqalpogʻiston” temir yoʻl, “Nukus aeroporti” chegara bojxona postlarida xizmatni oʻtayotgan kinologlar va xizmat itlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ish samaradorligi oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida har bir kinolog bilan suhbat tashkil etilib, xizmat itlarini saqlash, parvarishlash, oziqlantirish qoidalari boʻyicha tushuntirishlar berildi. Kinologlarning bojxona sohasida nazariy bilimlarini oshirish borasida sayyor oʻquv mashgʻulotlari olib borildi. Shuningdek, xizmat itlarining ish qobiliyati sinovdan oʻtkazildi.
Maʼlumot oʻrnida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi kinologlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida 2023-yilning 1-yarim yilligi davomida 818,97 gr giyohvandlik vositalari, 250 dona psixotrop tabletkalar, 38 ta gilza, 1800 ta kapsula va 2 ta pnevmatik qurollarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring