Hizbulloh AQSHni “ogʻiz botirlik”da aybladi

15:23 08 Noyabr 2024 Dunyo
390 0

Hizbulloh har qanday urushni toʻxtatishga qaratilgan harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini, lekin AQSH hukumatidan faqat soʻzlar emas, balki amaliy choralar kutayotganini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Hizbulloh vakili Ibrohim al-Musaviyning taʼkidlashicha, tashkilot AQSH prezidentligiga qayta saylangan Donald Trampdan maxsus umid kutmayapti. Shunday boʻlsa-da, guruh Livan – Isroil bilan toʻqnashuvlarning toʻxtashida Vashingtonning taʼsirini inkor eta olmaydi.

Maʼlum boʻlishicha, Isroil armiyasi Hizbulloh inshootlari va harbiy obyektlarini nishonga olayotganini aytmoqda, lekin Livanda oʻlimlar soni ortib borayotgani bois koʻplab livanliklar buni tanlamay qilinayotgan xunrezlik deb hisoblamoqda.

Qayd etish kerakki, oktyabr oyidan buyon Isroil hujumlarida 3 mingdan ortiq odam halok boʻldi. Bu hujumlar asosan Livanning janubiy va sharqiy hududlarida amalga oshirilmoqda. AQSH Isroil va Hizbulloh oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni toʻxtatish uchun diplomatik choralar koʻrdi, ammo bu harakatlar hozircha muvaffaqiyatsiz boʻldi.

Трампнинг қайта сайланиши ҳам ушбу минтақадаги вазиятни қандай ўзгартиришига аниқлик киритмади. Avvalroq, Trampning kuyovi Massad Boulos esa Livan bilan muzokaralarni olib borish uchun Trampning elchisi sifatida ishlashini maʼlum qilgandi.

Livanliklarga koʻra, Isroil hujumlari nafaqat ularning hayotini, balki madaniy merosini ham yoʻqotishga olib kelgan. Payshanba kuni Isroil havo zarbalari Livandagi Sidon shahri kirishidagi harbiy nazorat punkti yaqinidagi avtomobilni nishonga olgan va uch kishi halok boʻlgandi.

Shuningdek, Isroil bombardimonlari Livanning tarixiy Baalbek shahridagi qadimiy Usmonli davriga oid bino hamda tarixiy yodgorliklarni ham zarar yetkazgan. Bu hujumlar UNESCO roʻyxatidagi qadimiy Grek-Rum va Finikiya ibodatxonalari yaqinida amalga oshirilgan. Bu hudud odatda sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan madaniy markaz hisoblanardi.

BMTning tinchlikparvar kuchlari UNIFIL, Sidondagi dron zarbasi natijasida beshta tinchlikparvar askar yengil jarohatlanganini ham bildirdi. Bu hodisalar mintaqadagi keskinlikni yanada oshirmoqda. Hizbulloh AQSHni vaziyatni oʻzgartirish uchun faol chora koʻrishga chaqirmoqda. Xususan, guruh AQSHni “ogʻiz botirlik” qilmasdan, amaliy harakatlarga chaqirdi.

Avvalroq, yuridik shaxslar soni yarim milliondan oshgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер