Hindistonning “Outlook India” jurnali Oʻzbekistonda quriladigan AES haqida yozdi

Oʻzbekistonda quriladigan AES maketi. Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi“ .
Hindistonning “Outlook India” jurnalida chop etilgan yirik maqola Oʻzbekistonda atom energetikasi sohasi taraqqiyotining istiqbollariga bagʻishlangan.
Nashrda energetika boʻyicha mutaxassislarning baholariga suyangan holda, bugungi kunda butun dunyoda aholi soni ortib, energiya manbalari kamayib borayotgani, natijada ularning narxi izchil tarzda oʻsayotgani taʼkidlanadi.
“Suv, koʻmir, neft singari tabiiy boyliklarning zaxirasi cheksiz emas, texnika taraqqiyoti esa kun emas, soat sayin ilgarilab bormoqda, — deya xabar qilinadi jurnalda. — Ammo elektr energiyasisiz hech bir asbob-uskuna ishlamaydi. Shu sababli dunyoning yetakchi davlatlari atom energetikasini “kelajak energiyasi” sifatida koʻrib, uni rivojlantirayotir. Oʻzbekiston ham ushbu davlatlar safidan joy olmoqda”.
“Outlook India” nashrida qayd etilishicha, respublikada rossiyalik mutaxassislar ishtirokida qurilishi kutilayotgan AES nafaqat Oʻzbekistonning yaqin ellik yildagi energiya ehtiyojlarini qoplash imkonini beradi, balki chet davlatlar, eng avvalo, qoʻshni mamlakatlarga uni eksport qilishga sharoit yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring