Hindistondan Oʻzbekistonga keladigan sayyohlar oqimi yanada oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29-mart kuni turizmni rivojlantirish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya Hindistonga tashrif buyurdi.
Taʼkidlash joizki, xizmat safarining birinchi kunida Hindiston Tashqi ishlar davlat vaziri va Madaniyat ishlari davlat vaziri Minakshi Lekxi bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, muzeylar faoliyatini yaxshilash, turli koʻrgazmalar tashkillashtirish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish hamda boshqa qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikrlar almashildi.
Qolaversa, Hindistondan Oʻzbekistonga boradigan turistlar sonini yanada oshirish masalasi ham muhokama qilinib, bu borada qator kelishuvlarga erishilmoqda.
Bundan tashqari, Hindiston shaharlaridan Andijonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyish masalasi ham kun tartibidan oʻrin olgan.
Shuningdek, kun davomida “Holiday Merchants” turistik hamda “PLUMM” marketing kompaniyalari, Hindiston texnologiyalari instituti hamda “Impact Infotech” kompaniyalari rahbarlari bilan turizm oqimini koʻpaytirish, targʻibot tadbirlari, sohani raqamlashtirish va ilmiy hamkorlik masalalarida muzokaralar olib borildi.
Delegatsiyaning xizmat safari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring