Hindistonda qarovsiz itlarda odamlar uchun xavfli zamburugʻ turi aniqlandi

20:07 12 Iyul 2023 Dunyo
814 0

Makmaster universiteti olimlari Hindistonda doriga chidamli Candida auris zamburugʻining birinchi jonli madaniyatini topdilar. Hindistondagi uysiz itlar infeksiyaning tashuvchisiga aylandi. Bu haqda Journal of Fungi jurnali xabar bermoqda.

Candida auris koʻplab zamburugʻga qarshi dorilarga chidamlidir. Infeksiyalangan bemorlarning ahvoli juda ogʻir boʻladi va har uchinchi bemor hayotdan koʻz yumadi.

Olimlarning taʼkidlashicha, uysiz itlar Candida aurisning doriga chidamli shtammlarini tashuvchilaridir. Lekin uy hayvonlari orqali ham bu zamburugʻni yuqtirish mumkin. Tadqiqotchilar Delidagi boshpanalardan 87 ta itning teri namunalari va quloqlarini oʻrganishdi. Ularning yarmi (42 ta) uysizeyedi va surunkali teri kasalliklari aniqlanganligi uchun intensiv terapiya boʻlimiga yotqizildi. Toʻrtta itning quloq kanallarida dorilarga chidamli Candida auris zamburugʻi borligi aniqlandi.

Olimlar Candida auris qoʻzgʻatuvchisi keng tarqalgan hududlarda toʻrt oyoqli doʻstlarning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishni maslahat berishadi. Zamburugʻ odamdan odamga osonlik bilan yuqadi. Ammo hayvonlardan hayvonlarga qanchalik tez yuqishini aytish qiyin. Maqola mualliflari izlanishlarni davom ettirish kerakligini taʼkidlab oʻtishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?