Hindistonda yoʻlbars ikki oyda 10 kishini oʻldirdi
Hindistonda yoʻlbars ikki oy ichida kamida 10 kishini oʻldirdi. Hodisa Uttar-Pradesh shtatida Pilibhit yoʻlbarslar qoʻriqxonasi hududida sodir boʻldi, deya xabar beradi 360.
Oxirgi hujum 9-sentyabr kuni sodir boʻlgan. Natijada Bansxera qishlogʻida yashovchi 55 yoshli Kedari Lal vafot etgan.
Tegishli tashkilotlar hayvonni evtanizatsiya qilishga majbur boʻldi. Veterinariya shifokorlari yirtqichning sogʻlom ekanligidan hayratda qolgan. Ammo u tashqi ogohlantirishlarga umuman munosabat bildirmagan.
Yoʻlbars, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, petardalarning portlashi tufayli kar boʻlib qolgan. Boisi mahalliy aholi jonivorni pirotexnika bilan qoʻrqitishga harakat qilgan.
Hayvonni qoʻlga olish operatsiyasida ishtirok etgan oʻrmon xodimi Manish Singxga koʻra, u ilk bor kar yoʻlbarsga duch kelgan.
Mutaxassislar yoʻlbarsning agressiyasiga karlik sabab boʻlishi mumkinmi yoki yoʻqligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring